— Qanday sabablarga ko'ra «RSK Bank» analogli telefon aloqadan voz kechishga qaror qildi?
— Bankda mavjud bo'lgan ATSga barham berildi. CHunki aloqada doimiy ravishda uzulishlar boshlandi- mijozlar bir raqamga qo'ng'iroq qilishadi, lekin boshqasiga ulanib qolishadi, yoki aloqa doimiy band bo'ladi. SHuning uchun biz raqamli aloqa foydasiga analoglan voz kechqishga qaror qildik. Mavjud tizimni boshqarishda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Undan tashqari, shu vaqtda «RSK Bank» telefon raqamlari soni bo'yicha oxirgi chegaraga etgan edi – zudlik bilan ichki telefon imkoniyatlarini kengaytirish zarur edi. Video-konferens-aloqa tizimi (VKS) mavjud emasligi tufayli hududlardagi filiallar mutaxassislarini hadeb Bishkekka taklif qilishga, rahbariyat bilan uchrashuvlarni tashkil qilishga vaqt va mablag'ni sarflashga to'g'ri kelardi. SHuning uchun ham IP-telefoniyani o'rnatish va VKS tizimini joriy qilishga qaror qildik. Undan tashqari, bank oldida mijozlarni qo'llash uchun shaxsiy aloqa markazini yaratish vazifasi ham turardi.
— «RSK Bank» IP-telefoniya va VKS bo'yicha echimlarning qaysi birini ko'rib chiqdi?
— Biz IP-telefoniya va video-konferens-aloqaning, hamda o'zida VKS funksionaliga ega bo'lmagan, ammo bir vaqtni o'zida ular bo'yicha majmuaviy echimlarni taklif qilayotgan holatlarni ko'rib chiqdik. Bizendorning obro'siga, taklif etilayotgan tizimlarni ish qobiliyatiga e'tiborni qaratdik. Bizni tarkibiy qismlarning to'liq spektirini taqdim etayotgan eichmlar qiziqtirdi..
— Nima uchun aynan Cisco Systems mahsulotini tanladingiz?
— O'rganilgan echimlar asosida IP-telefoniyani joriy qilish bo'yicha loyihani amalga oshirish uchun texnik talablar tuzildi va ochiq tender e'lon qilindi. Boshqa kompaniyalar bilan birgalikda unda Green Light kompaniyasi ham ishtirok etdi va u o'z taklifiga nafaqat afzal narxlarni, shu bilan birga xodimlarimizni mazkur tizimni ma'murlashtirish va boshqarish uchun o'qitishni ham kiritdi. Cisco kompaniyasi uskunalari bankning barcha texnik va faoliyat talablariga javob berdi, o'zining anchagina ishchanligi hamda minimal narxlari bilan ajralib turadi.
— Natijada OAJ «RSK Bank»ka qaysi echimlar joriy qilindi va qanday natijalarga erishildi?
— Bankning bosh ofisida va CHuy viloyatidagi filiallarida biz Cisconing 350ta IP-telefonlarini o'rnatdik. Ichki telefon raqamlarini 1000ta liniyagacha kengaytirishga muvaffaq bo'ldik. Aloqa sifati yaxshilandi, ofislarda kabella miqdori kamaydi. YAngi funksional Qirg'izistonning boshqa shaharlari va uning tashqarisiga telefon qo'ng'iroqlarida tejash imkonini berdi, chunki an'anaviy telefon aloqasi emas, balki Internetdan foydalanilmoqda. Cisco Meeting Server video-konferens-aloqa tizimini ishga tushirish bankning xodilari uchun ish safarlarini tejash imkonini berdi: endilikda safarga, xodimlarni mehmonxonalarga joylash, safarga ajratiladigan mablag'larga sarflar kerak bo'lmay qoldi. VKS hududlardagi hamkorlar bilan bevosita uchrashuv o'tkazish imkonini beradi.
— O'z hamkorlaringizga Green Light bilan hamkorlik qilishga tavsiya berishga tayyormisiz va nima uchun?
— Green Light mutaxassislari loyihalarni sifatli va muddatida bajaradilar. Bundan tashqari, kompaniya muntazam ravishda turli ta'lim tadbirlari- seminarlar, vebinarlar, malaka oshirish kurlarini o'tkazib turadi.