MegaCom kompaniyasida IT-infratuzilmasiga qattiq talablar mavjud. Uskunalar yuqori darajadagi unumdorlik va hosildorlikka, uning moslashuvchanligi-zarurat tug'ilganda kuchaytirilishga ega bo'lishi lozim. IT-infratuzilmani yangilanib borilishi to'xtiovsiz jarayon, chunki uyali aloqa operatorlari biznesida har kuni abonentlar uchun yangi xizmatlarni yaratish, qo'shimcha servislar ochish va ko'plab boshqalarga ehtiyojlari paydo bo'ladi. Bularni barchasi ITden tezkorlik bilan munosabat bilidirilishini talab qiladi. Bir yarim yil oldin biznes oldida xalqaro suhbatlashuvlar narxini kamaytirish, shu bilan birga, aloqa kanallari sifati va mukammaligini oshirish vazifasi yuzaga keldi.
Har bir uyali aloqa kompaniyasi ovozni uzatish uchun eng zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga harakat qiladi, - deydi Taalay Majitov. Oldinlari ovoz bilan aloqador bo'lgan barcha ishlar qimmat va besamara edi. MegaCom yangi texnologiyalardan foydalangan holda o'zining harajatlarini qisqartirishga intiladi. Gap Qirg'izistonlik abonentlarning boshqa mamlakatlardagi abonentlar bilan xalqaro suhbatlashuvlarini tashkil etish haqida bormoqda. Ilgari buning uchun yuqori narxli va cheklangan sig'imli E-1 oqimini ishlatgan edik. Internet orqali ovozlarni o'tkazish uchun bayonnomalar tezlik bilan rivojlanayotganini inobatga olganini inobatga olib biz uning afzalliklaridan foydalanishga qaror qildik. Buning uchun Cisco kompaniyasida a'lo echim bor, u IP protokol SIP-bu Session Boarder Controler (SBC)ni to'liq holda ishlatish imkonini beradi. Bizga aynan mana shu echim zarurligi haqidagi qarorga keldik, chunki u Internet tarmog'i orqali bir vaqtni o'zidagi ovozli sessiyalarni yuzlab marotaba ko'proq o'tkazish, bir vaqtni o'zida aloqa liniyalari ijarasiga solishtirma harajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
SBC joriy qilish bo'yicha loyihani amalga oshirish uchun batafsil texnik shartlar tayyorlandi va ochiq tender e'lon qilindi. Unda boshqalardan tashqari Green Light kompaniyasi ishtirok etdi, u nafaqat foydali narxlar bo'yicha o'z taklifini bildirdi, balki yangi texnologiyalarni ma'murlashtirish va boshqarish borasida xodimlarimizni o'qitishni ham taklif qildi. Uskunalar etiarli darajada murakkab va ularda ishlashga o'qitilmagan mutaxassislarsiz bizga anchagina qiyin bo'lardi. Albatta, biz boshqa ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning echimlaridan foydalanish imkoniyati borligini bilardik. Ammo uskunalar kerakli texnologik va unumdorlik imkoniyatlariga ega bo'lishi biz uchun muhimdir.
Bizga ishlab chiqaruvchi kompaniya hududda imkon qadar to'liq faoliyat yuritishi muhimdir, chunki bu narsa zarurat tug'ilganda texnik qo'llab-quvvatlash va tez munosabat bildirish masalalarini hal qilish imkonini beradi.
Hozirgi davrda aynan Cisco shunday kompaniya hisoblanadi, u echimni taklif qildi, zarur mutaxassislar bor edi. Bu xorijdan ekspertlarni yollashdan voz kechish orqali anchagina tejamkorlikdir. Natijada biz mukammal echimni oldik, kelgusida uning quvvatini ortiqcha harajatlarsiz oshira olamiz.
Afzalliklar nimada? Bu yuqori darajada chiqimlarni qoplashdagi moslashuvchanlik. Lekin biz kichik AT- resurslarni ishlatishda xalqaro so'zlashuvlar uchun narxlarni pasaytira olishimiz tufayli abonentlar eng muhim afzallikni oladi. Loyihani amalga oshirish mobaynida Green Light barcha shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, uning xodimlari doimo vazifalarni tez, samarali va aniq bajarishga intiladi. Bir narsa muhim, u nafaqat loyihani joriy qiladi, balki samarali echimlar ekspertizasini ham taqdim qiladi.