Maktabga elektron ro'yxatga o'tish: Green Light va Dell bolalar ma'lumotlari xavfsizligini ta'minladilar
The system "Electronic school enrollment" is a free software product for the implementation of public educational services, developed by the Ministry of Education and Science of the Kyrgyz Republic.
2018 yilning kuzida Qirg'iziston Respublikasi Hukumati "Maktablarga elektron yozilish" avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishga tushirilishini e'lon qildi.
Ota-onalar Internet orqali bor yo'g'i bir necha tugmalarni bosish orqali farzandlarini birinchi sinf ro'yxatiga kiritilishi imkonini oldilar. Bundav davlat bolalarni maktablarga rasmiylashtirishdagi korrupsion holatlarni istisno qilmoqda, hamda qirg'izistonliklarning ma'lumotlari xavfsizligini kafolatlamoqda.
Tizimni ishlab chiqish uchun o'tkazilgan tenderni TLN Company kompaniyasi yutdi. Green Light kompaniyasi server uskunalarini etkazib beruvchisi bo'ldi.
Kompaniyaning bosh direktori Azamat Abdraev bolalar ma'lumotlarini himoyalangani va ishlatilinadigan uskunalarni texnik xususityalari haqida so'zladi.
— Elektron yozuv tizimida bolalarning shaxsiy ma'lumotlari himoyasi qanday nazorat qilinadi?
Tizim xavfsizlikning zamonaviy standartlariga muvofiq yaratilgan. CHunki axborot mahfiy ko'rinishga ega, u hech qachon begonalarga uzatilishi mumkin emas. SHaxsiy ma'lumotlar shifrovka qilingan va ma'xsus kriptografik vositalar bilan himoyalangan. «EZSH» ma'lumotlar bazasida tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar, pasport ma'lumotlari saqlanmaydi.
Tizim ishlaydigan serverlar himoyalangan ma'lumotlarni qayta ishlash Markazida joylashgan, unga faqat markaz xodimlarigina kira oladi. Ma'lumotlarni uzatish kanallari ham himoyalangan. SHuningdek, ma'lumotlarni zahira nushalarini saqlash tizimi ham nazarda tutilgan.
— SHaxsiy ma'lumotlarga hujumlar uyushtirilmasligiga kafolat bera olasizmi?
Istalgan veb-resurs hujumga uchrashishi mumkin. SHubhasiz, vaqti vaqti bilan bizning tizimga hujum uyushtirilishiga urinishlar bor. Ammo hozirgi vaqtda biron bir buzish holatlari bizda qayd etilmagan. Tizim to'liq xavfsiz. Uni faqat bombani to'g'ri zarbasi bilangina yo'q qilish mumkin. Bu, albatta, hazil! Biz shaxsiy ma'lumotlarni sizib chiqishi imkonini yo'q qildik. SHu bilan birga, xodimlarimiz ma'lumotlar saqlanishi va xavfsizligi uchun qonun oldida javob beradilar.
— Ma'lumotlarni saqlash uchun qanday uskunalardan foydalanilgan?
Tizim jahonning etakchi ishlab chiqaruvchisi Dell serverlarida ishlaydi. Uskunalarni Green Light kompaniyasi etkazib beruvchisi hisoblanadi, u bizlarga professional darajada maslahatlar berdi va AIS uchun eng yaxshi echimlarni taklif qildi.